Axmadov Jaxongir

Axmadov Jaxongir

Zakovat intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘olibi

Zakovat intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘olibi

 Axmadov Jaxongir Akmal o‘g‘li, 1999 yil, Gʻijduvon tumanida tug`ilgan. Buxoro davlat tibbiyot institute 5-bosqich talabasi  Zakovat intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘olibi.

Men Axmadov Jahongir Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti 5-bosqich talabasiman. 2018-yil 100%lik natija ko'rsatib kirib,  Tibbiyot institutida davlat grant asosida o'qiyman.

O'qishga kirganimdan boshlab o'zim qiziqib haftalik zakovat o'yinlariga qatnashishni boshlaganman. Institutda ham o'qishlarim yaxshi. Fiziologiya fanidan 2020-yilda olimpiadada ishtirok etib, faxrli o`rinni qo’lga kiritdim.

2021-yil Xirurgiyadan,  va yana bir nechta online olimpiadalarda qatnashib,  2-3-o'rinlar olganman.

 Zakovatga keladigan bo'lsam,  hozirda Buxoro viloyati professional jamoasi Bermudda va institutimiz jamoasi Dream Teamda o'ynab kelaman.   Bermud jamoasi bilan barcha mavsumlarda viloyat championi bo'lganmiz. Navoiy-Buxoro hududiy Marafoni g'olibimiz.  Institumiz jamoasi bilan Butun respublika bo'yicha o'tkaziladigan talabalar ligasida- Bahorgi mavsumda 2-o'rinni , kuzgi mavsumda 1-o'rinni va so'ngi qishki mavsumda ham 2-o'rinni qo'lga kiritdik. Intellektual olimpiadada Erudit kvartet o'yinlarida 3-o'rinni qo'lga kiritdik.

Mahallamiz “Ahmad Donish” jamoasi bilan respublikada 1-o'rinni qo'lga kiritdik.

Hozirda ingliz tilini o'rganyapman va tibbiyot darsliklarini tarjimasi bilan shug'ullanyapman. Turk va ingiliz tilida bemalol so'zlasha olaman.

Yoshlarga o'zim misolimda shu aytgan bo'lardimki, bular hammasi mehnatning, harakatning  mevasi, mehnat qilsa, o'qisa hamma narsaga erishsa bo'ladi. Men maktabda ekanligimda hamma fanni bir xil o'qirdim. Hatto Bilimlar bellashuvi tuman bosqichi 2 kun bo'lardi. Birinchi kun ko'proq aniq fanlar bo'lsa ikkinchi kuni ijtimoiy fanlar bo'lardi. Ikkitadan fandan borardim. Harakat qilish kerak. Hayotda har sohadan ilm kerak bo'ladi.

Zakovat sizga nima berdi degan savolga kelsam, aql lazzati, savolni javobini topganda ayniqsa,  hech kim topolmagan savolni topganingizda energiya olasiz. Bunaqa adrenalinni hech qayerda ololmaysiz.

Zakovat muammolarni  to'g'ri va tez hal qilishni o'rgatdi. Chunki, savollarga 1 daqiqada javob topish kerak.

O'qishimga ham katta foydasi tegadi. Tibbiyotda klinik fikrlash degan narsa bor. Bu uchun mantiqiy fikrlash qobilyatingiz yuqori bo'lishi kerak. Zakovat esa fikrlash qobilyatingizni oshiradi. Hayotdagi hamma muammolarning kaliti ilm.